2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

 Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.

 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabr – 3-oktabr
 Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar

 Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.

 KUNDUZGI ta’lim shakli bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar

 MASOFAVIY ta’lim shakli bo’yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar