2025-yil 26-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi kapitan J. Turev, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
O‘quv mashg‘uloti davomida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tegishli xizmatlarning harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, soha mutaxassislari talaba-yoshlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan yong‘in o‘chirish xizmatiga murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushuntirish berdilar.
Amaliy qismda talabalarga sun’iy tarzda yaratilgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, o‘t o‘chirish uskunalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Bunday maxsus-taktik mashg‘ulotlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, talaba-yoshlarning xavfsizlik madaniyatini oshirishdan iboratdir.