Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va ularni zamonaviy jarayonlardan xabardor etish maqsadida «Kelajak soatlari asosida Ma’rifat soati» darslari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

27-oktyabr kuni ushbu darsni institut rektori B. Jollibekov hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Dauletmuratov 1-kurs talabalari uchun o‘tkazdi.

Dars “O‘zbekiston va jahon” mavzusiga bag‘ishlanib, unda talabalarga mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, mustaqillik yillarida erishilgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, tabiiy boyliklari hamda iqtidorli xalqi tufayli dunyoda munosib o‘rin egallab borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar milliy manfaatlarni xalqaro maydonda ilgari surish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning faolligi muhim omil ekanini haqida batafsil ma’lumot berildi.

Institutda «Kelajak soatlari asosida Ma’rifat soati» darslari muntazam ravishda yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilib, har bir mashg‘ulot talabalarda Vatanga muhabbat, xalq farovonligi uchun mas’uliyat va global dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilmoqda.