O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 06/26-2-06/1527-sonli topshirig‘iga asosan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «AgroTech» startap loyihalar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Tanlovning maqsadi – talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ilg‘or texnologik yechimlarni rag‘batlantirishdan iborat.

 Tadbirni institut rektori B.Jollibekov ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi va yoshlar uchun bunday tanlovlarning amaliy ahamiyatini alohida ta’kidladi.

 Baholash jarayonida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar «Eng yaxshi g‘oya,» «Eng yaxshi loyiha» va «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyalari bo‘yicha saralandi.

 Natijalar bo‘yicha:

 «Eng yaxshi g‘oya» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin – Xudoyan Oksana, 2-o‘rin – Qarjiboyev Sanjar;

 «Eng yaxshi loyiha» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin – Shamshetova Nilufar, 2-o‘rin – Tursinboyev Otabek va Saparboyev Jo‘rabek;

 «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin – Safarniyazov Xushnud va Ashirboyev Bayram, 2-o‘rin – Qaymatdinov Amangeldi g‘olib deb topildi.

 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Shuningdek, eng yaxshi ishtirokchilar 12-13-noyabr kunlari Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tadigan «AgroTech» startap tanlovining final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.