Avval xabar berganimizdek, Yaponiyaning “Green Leaf” kompaniyasi prezidenti Sawaura Shoji, kompaniya xodimi Sawaura Yukiko hamda JICA GROW loyihasi eksperti Yoshikawa Takumalar xizmat safari doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdilar.
Rahbariyat bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatidan so‘ng institut rektori B. Jollibekov boshchiligida “Green Leaf” kompaniyasi prezidenti Sawaura Shoji va institutni bitirgan hamda bitirish arafasida bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kompaniya prezidenti Sawaura Shoji ishtirokchilarga o‘z kompaniyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, yoshlarni Yaponiyada ishlash imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Mazkur taklif talaba-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Ular suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘lib, kompaniya rahbaridan batafsil javoblar olishdi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz