Yaponiyaning “Green Leaf” kompaniyasi prezidenti Sawaura Shoji, kompaniya xodimi Sawaura Yukiko hamda JICA GROW loyihasi eksperti Yoshikawa Takumalar xizmat safari doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurishdi.

 Tashrif davomida mehmonlar institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Dauletmuratov hamrohligida o‘quv va laboratoriya xonalari bilan tanishdilar. Ularga bu yerda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va erishilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Shundan so‘ng, Sawaura Shoji institutda tashkil etilgan yapon tili kurslarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. U talabalar bilan samimiy suhbatlashib, “Green Leaf” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi hamda kelajakda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish taklifini bildirdi.