2025-yilning 1-noyabr kuni Yaponiyaning Kogakuin Texnologiya va Muhandislik universiteti dotsenti Sakai Yuji Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga keldi.
Mehmonni institut rektori B.Jollibekov kutib oldi va uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Yaponiyaning JICA tashkiloti volontyorlari Aoyama Yuna, Kozuki Takuma, «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi assistenti J.Aqseytov va T.Buranbayev ishtirok etdi.
Uchrashuvni institut rektori B.Jollibekov o‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng T.Buranbayev institut hamda Yaponiya OTMlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar bo‘yicha ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida Yuji Sakai o‘z xizmat safaridan ko‘zlagan maqsadi Orol dengizi tuproqlarini o‘rganish, u yerda amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishish hamda kelgusida institutimiz bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshiradi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz