Hozirgi vaqtda forum o‘z ishini uch yo‘nalish – oliy ta’lim va fan, professional ta’lim va innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha parallel seksiyalarda olib bormoqda.

 Forumda Institut rektori Berdiyor Jo‘llibekov institut haqida va xorijiy universitet, xalqaro tashkilotlar bilan olib borilayotgan ilmiy loyihalar haqida ma’ruza qildi.

 Kun davomida tomonlar o‘rtasida B2B formatida ikki tomonlama uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazildi hamda Sinszyan Qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.