2025 yil 5 iyun kuni institut kutubxonasida «Registrator ofis» menejerlari tomonidan navbatdagi «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi. Unda 100 dan ortiq talaba-yoshlar va maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga institutda yaratilgan sharoitlar, axborot resurs markazi, sport klublari, fan va til kurslari, to‘garaklar va institut muzeyi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz