Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Germaniyaning «SES» xalqaro tashkiloti eksperti Renald Barlent ishtirokida «Startaplar va yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalar, marketing va xalqaro tajriba» mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda Germaniya tajribasi asosida startaplarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy marketing strategiyalaridan samarali foydalanish va xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakili H.Yusupova startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, grant dasturlari va «Kelajakka qadam» dasturi doirasida yoshlarning biznes g‘oyalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Seminar davomida talabalar innovatsion fikrlash, biznes reja tuzish, investorlar bilan samarali muloqot yuritish bo‘yicha amaliy bilim va tajribalar bilan tanishdi. Tadbir yoshlarning startap faoliyatini rivojlantirish va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz