Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Registrator ofisi» qoshidagi Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejeri G. Pirniyazova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli «Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Tadbirda «Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi,» «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi,» «Agronomiya» va «Agrokimyo va agrotuproqshunoslik» yo‘nalishlarining 4-kurs talabalari ishtirok etdi.

 Seminarda PQ-61-sonli qaror talablari doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvi, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish, startap g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va «Kelajakka qadam» dasturi doirasida imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.