American Councils for International Education tomonidan C5+O.N.E loyihasi doirasida 2025-yil 13-noyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan oflayn seminarda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining loyiha ishtirokchilari, jumladan, bir qator professor-o‘qituvchilar va tayanch doktorantlar faol ishtirok etdi. Tadbir ingliz tilida olib borildi.

 Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan ilmiy xodimlar, yosh olimlar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi. Seminar davomida ilmiy hamkorlik masalalari, mintaqaviy rivojlanish istiqbollari va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish usullari keng muhokama qilindi.

 Shuningdek, har bir tadqiqotchiga o‘zining biznes rejasi (business plan) bo‘yicha qisqacha taqdimot berish imkoniyati yaratildi. Ushbu taqdimotlar davomida loyihalarning maqsadi, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, amaliy ahamiyati va kelgusi rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.