Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Erkaklar o‘rtasidagi voleybol yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Stol tennisi sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida institutimiz talabasi Turdimuratova Gulida munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ularga ulkan omadlar tilaymiz!
Albatta, bu natijalarga erishishda murabbiylarimizning o‘rni beqiyos. Talabalarning puxta tayyorgarlik ko‘rishida yaqindan yordam bergan ustoz – Z.Allaniyazovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirmaymiz.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz