![]() |
Ichki ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Jumamuratov Daniyar Kalbaevich
|
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi.
– Ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish.
– Talabalar bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalar fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish.
– Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish, jumladan, salohiyatli professor-o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof, tashkiliy mexanizmlarni yaratish.
-Professor-o‘qituvchilarning ta’lim sifatini doimiy ravishda tahlil qilib borish;
-Oliy ta’lim muassasalarini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
– O‘quv jarayonining me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi;
– Mutaxassislik talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish.
– Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj sohaning turmush darajasi bo‘yicha kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish.
– Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga ilm-fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish.
– O‘quv jarayonining me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit modul tizimining talab darajasida tashkil etilganligi).
– Axborot-resurs markazida talaba, ilmiy izlanuvchi va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklar mavjudligini o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish.
– Mustaqil ta’limning talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablar qo‘yish va talabalarning yuklamasini shakllantirishni ta’minlash).
– Talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish.
Quyidagilar bo‘limning asosiy majburiyatlari hisoblanadi.
– Tashkilotda sifatni barqaror oshirish, sifat madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash.
– Ichki sifatni baholash jarayonlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni tahlil qilish.
– Sifat ta’minoti bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarga muvofiqlikni nazorat qilish.
Har yili (yoki yarim yillik) sifat ta’minlanishi holati bo‘yicha hisobot tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
– Tashkilot xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun sifatni ta’minlash bo‘yicha o‘quv-trening tadbirlarini tashkil etish.
(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz
