İlmiy-tadqiqotlar, innovaciyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

Sayimbetov Alisher

alisher1582@mail.ru

 

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Universistet ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyatini tashkillashtirish;
  • Universitetning ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejasini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati bo‘yicha fakultet va kafedralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Universitet bilan respublika ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari va muassasalari, O‘zR FA Ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, shuningdek, rekspublikaning yetakchi OO‘Yulari bilan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyat yo‘nalishida hamkorlik shartnomalarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Universitet ilmiy anjumanlarini tashkil qilishda va o‘tkazishda metodik yordam ko‘rsatadi va rahbarlik qilib boradi;
  • Doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, stajyor tadqiqotchilarning reja, hisobotlari, me’yoriy hujjatlarini tayyorlaydi va taqdim etadi, ularning attestatsiyasini tashkillashtiradi va olib boradi.

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimlari tarkibi:

  1. Bo‘lim boshlig‘i: yuridik fanlar nomzodi, dotsent Nizamatdinov Kayrat Keunimjayevich;
  2. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha muxandis: Erlepesov Azamat Maratovich;
  3. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha muxandis: Saparbayev Anvar Niyetbayevich.

Doktorantura bo‘limining asosiy vazifalari

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, rektor buyruqlarining mazmunini doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilarga yetkazib borish.

Bo‘limning ish rejalarini ishlab chiqish va universitet Kengashida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish.

Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilishga doir tashkiliy ishlarni olib borish.

Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayonini ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirish

Vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilar faoliyatiga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning davr talabiga mosligini ta’minlash.

Rahbariyat va ilmiy kengashga xorijiy va milliy tajribani o‘rganish asosida doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va samarali tashkil etishga oid takliflar tayyorlash.

Rivojlangan mamlakatlar ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘zaro shartnomalar asosida respublika uchun ustuvor va zarur ixtisoslik bo‘yicha doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Davlat va jamiyatning istiqbolli rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy natijadorligini ta’minlash hamda dissertatsiya ishlarining belgilangan talablarga muvofiq bajarilishini nazorat qilish.

Universitetda xalqaro va respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiya va seminarlarda doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilarning ishtirokini ta’minlash.

Doktorant, tayanch doktorant, stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilikga qabul qilingan talabgorlarning ilmiy mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini Kengashga tavsiya qilish.

Doktorant, tayanch doktorant, stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilar malakaviy imtihonlarini qabul qilish bo‘yicha hay’at a’zolarini belgilash.

Universitet doktorant, tayanch doktorant, stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilar tarkibining ilmiy faoliyatini monitoring qilish hamda aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish.

Doktorant, tayanch doktorant, stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilar tayyorlashning yillik ish rejasi va ularning bajarilishi nazorat qilish.

Har yili belgilangan muddatlarda doktorant, tayanch doktorant, stajor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish;

Ilmiy tadqiqot sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qarorlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni bilishi va uni amaliyotda qo‘llashi.