Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi

 

Bo‘lim rahbari: Allakbaev Atabek Kenesbaevich

Telefon raqami: +99899-744-00-82

Aloqa uchun: (61) 229-26-92

atabek@tdaunukus.uz

Bo‘lim bosh mutaxassis: Smaylov Torexan Duysenbay uli

Telefon raqami: +99891-002-67-89

Anonim xabarlarni qabul qiluvchi bo‘limning telegram bot kanali: https://t.me/QQXAIAnticor_bot  

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi Institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5927-son farmoni hamda boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar asosida olib boradi.

Bo‘limning faoliyati Institutda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita Institut rektoriga bo‘ysunadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi.

Bo‘lim oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish bilan birga, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini muassasa miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini Institutning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun https://lex.uz/docs/-3088008?ONDATE=21.04.2021

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha Nizom https://lex.uz/docs/-6952742

Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida https://lex.uz/docs/-5495533