O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi va suv xo‘jaligi fakultetida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir «Kelajakka qadam» dasturi doirasida Registrator ofisi qoshidagi Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejeri G.A. Pirniyazova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus filiali Agrobank xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bank tizimi orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbir bitiruvchi talabalarni kelajakdagi mehnat yo‘liga tayyorlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kasb yo‘nalishlarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz