O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizomiga asosan 2026-yil 1-bosqichga 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (DSc va PhD) hujjat topshirgan talabgorlarni suhbatdan o‘tkazish jarayonlari bo‘lib o‘tishi e’lon qilinadi.

 Ular 2026-yil 24-fevral kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Bosh binosi 1-qavatda joylashgan ARM o‘quv zalida quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:

  • 01.07 – Mevachilik va uzumchilik ixtisosligiga (DSc 1 talabgor) soat 9:00 da;
  • 02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosligiga (PhD 1 talabgor) soat 10:00 da;
  • 01.09 – O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligiga (PhD 1 talabgor) soat 11:00 da;
  • 00.10 – Ekologiya ixtisosligiga (PhD 1 talabgor) soat 15:00 da.