E’LON
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan bilimli va lider yoshlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishini e’lon qiladi.
Tanlov to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – dastlabki o‘rganish;
2-bosqich – test sinovlari;
3-bosqich – insho yozish;
4-bosqich – suhbatlashish.
Tanlov talablari:
Tanlovda 2023-2024 va 2024-2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, 2025-2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi.
Ustunlik beriladi:
Tanlovda respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlov g‘olibi, ilmiy maqola, startap yoki innovatsion loyiha muallifi, davlat yoki xalqaro stipendiya sohibi, chet tilini biladigan hamda IT ko‘nikmalariga ega ishtirokchilarga, shuningdek, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oila farzandlariga beriladi.
Tanlov g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashiga belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilarining onlayn arizalari 2026-yilning 1-aprel – 1-may oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining www.tanlawjk.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon 61-222-74-77