Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari Talabalar ligasining hududiy bosqich musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar jarayonida institut yoshlari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, quyidagi yutuqlarga erishdilar:
— Badminton sport turidan faxrli 2-o‘rin
— Voleybol sport turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) 3-o‘rin
— Futbol sport turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) faxrli 2-o‘rin
Mazkur natijalar institutda yoshlar siyosati, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar samarasi ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, talabalarning intizomi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy ruhi ularning kelgusi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Shuningdek, ushbu muvaffaqiyatlarda jamoalarni musobaqalarga puxta tayyorlagan ustoz-murabbiylarning hissasi alohida ta’kidlashga arziydi. Jumladan, Zakir Allaniyazov kabi fidoyi ustozlarning mehnati va tajribasi yosh sportchilarning yuqori natijalarga erishishida muhim omil bo‘ldi.
Institut rahbariyati va jamoasi barcha g‘olib va sovrindor talabalarni hamda ularning ustozlarini samimiy muborakbod etib, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga ishonch bildiradi.



