Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrotexnologiya va o‘rmonchilik fakultetida
KARERA kunlari va mehnat yarmarkasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, 2026-yil 5-mart kungi «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan «Workshop» va mehnat yarmarkalarini (karera kunlari) tashkil etish to‘g‘risida»gi 84-sonli buyrug‘i rahbarlik qilinsin va ijro maqsadida, Agrotexnologiya va o‘rmonchilik fakultetida 27 04 2026 y. kuni fakultetda bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash maqsadida «Workshop» va mehnat yarmarkalari (karera kunlari) tashkil etildi.
Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bir qancha muassasa va tashkilotlar:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashgan jamoat o‘rmon xo‘jaligi agentligi kadrlar bo‘limi mutaxassisi;
2) Xo‘jayli tumani ko‘chatchilikka moslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi kadrlar bo‘limi mutaxassisi S.Tlewmuratova
3) Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tadqiqot stansiyasi mutaxassisi
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agrokimyo tahlil markazi mutaxassisi;
4) O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassisi
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus Dilisha AJ mutaxassisi
6) Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassisi;
Muassasa va korxonalardan kelgan mutaxassislar fakultet bitiruvchi talabalari bilan o‘zaro bo‘sh ish o‘rinlari haqida bir qancha ma’lumotlar oldi.
Tashrif buyurgan mehmonlar bitiruvchi talaba yoshlarga kelajakda yaxshi kadrlar bo‘lib yetishishlari va mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘sha oladigan kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.





