O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026 yil 7 apreldagi 5/3-1018-26-sonli topshiriq xati rahbarlikka olinib va ijro uchun qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tayyorlangan «Sun’iy intellektning qorong‘i tomoni» (Temnaya storona iskusstvennogo intellekta) mavzusidagi taqdimot materiallari asosida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Bu borada Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sun’iy intellekt bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Bugungi zamon talabiga aylanib borayotgan sun’iy intellekt barchamizni o‘zida qamrab oldi. Bu bo‘yicha institutimizning CTT markazi mutaxassisi M.Sultanov va T.Daribayev tomonidan talaba yoshlarga tushuntirish berildi.




