Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi “Yangi O‘zbekiston” talabalar olimpiadasi sport musobaqalarida voleybol bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallagani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Yу.Qutiboyev tomonidan II darajali diplom, esdalik sovg‘alari va medallar bilan taqdirlandi. Institut rektorati va ma’muriyati jamoani ushbu musobaqaga tayyorlagan murabbiylar Z. Allaniyozov va A. Qannazarovga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.



