Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ta’lim-tarbiyasi, darslarga qatnashishi, fanlarni o‘zlashtirish darajasi hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti yuzasidan ota-onalar bilan yaqindan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida fakultet dekanining o‘rinbosarlari R. Turimbetov hamda B. Jumashev tomonidan talabalarining o‘quv jarayonidagi faolligi, davomat ko‘rsatkichlari, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi va erishayotgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, talabalarning kelgusidagi ta’lim samaradorligini oshirish, ularni kasbiy yetuk mutaxassis etib tarbiyalash borasida fikr va takliflar almashildi. Yig‘ilish samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.