Men Bo‘legenova Jadyra 2023-yili Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar institutiga talabalikka tavsiya etildim. Hozir men Zooinjeneriya fakulteti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi bo‘laman.
2025-yil 1-dekabr kuni institutimizda ekologiya sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Eng faol ekovolontyor» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldim va 500.000 so‘m vaucher yutib oldim.
Men shu vaqtgacha institutimizda bo‘lib o‘tayotgan jamoat ishlariga, konferensiyalarga va tanlovlarga qatnashib kelmoqdaman. 2025-yil 23-dekabr kuni Texnoparkda bo‘lib o‘tgan Innox-7 inkubatsiya guruhini yakunladik va Demo dayda ishtirok etib o‘zimizning startaplarimizni pitch qilib berdik. 2025-yili Institutimizda bo‘lib o‘tgan «Qishloq xo‘jaligining dolzarb masalalari va innovatsion yechimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘zimning maqolam bilan qatnashib «Yilning eng yaxshi ma’ruzachisi» nominatsiyasi bilan taqdirlandim. 2026-yil 2-fevral kuni Texnoparkda «O‘ZLIDEP» partiyasi bilan hamkorlikda «Kreativ tadbirkor yoshlar» tanlovida o‘zimning «Eco pufik» startap bilan qatnashib deputatlardan taklif fikrlarini eshitdik.
2026-yil 19-mart kuni «IT-PARK»dagi 1 oylik «Akseleratsiya»da qatnashib Demodayda o‘zimizning startup bilan qatnashdik va pitch qilib berdik.
2026-yil Institutimizda bo‘lgan «Eng yaxshi kreativ g‘oya» tanlovida ishtirok etdim.
Undan tashqari o‘z ustimizda ishlab «Mutolaa» va «Qizlar akademiyasi»dagi kurslarni o‘qib sertifikatlarga ega bo‘ldim. Onlayn tanlovlarda qatnashib sertifikatlarga ega bo‘ldim.





