Men Seytniyazova Guljaxon Asqarboyevna 2023-yili Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar institutiga talabalikka tavsiya etildim. Hozir men Zooinjeneriya fakulteti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi bo‘laman.
Men o‘qish davomida ilmiy ishlar va tezislar yozib bordim va bir qator sertifikatlar olishga muvaffaq bo‘ldim.
2023-yilda Volontyorlik sohasida jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilganim uchun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan MINNATDORCHILIK bilan taqdirlandim.
04.2024 yilda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining «Ekologik bilimlar» kuniga bag‘ishlangan «YOSH EKOLOG» sertifikati bilan taqdirlandim.
2025-yilda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Zooinjeneriya fakultetida o‘tkazilgan «Eng faol ekovolontyor» nominatsiyasi bo‘yicha I DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandim.
2025 yil 28 noyabrda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tgan «Qishloq xo‘jaligidagi dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etdim. Ishtirokchining qimmatli fikrlari, yondashuvi va qishloq xo‘jaligi fanlarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun sertifikat bilan taqdirlandim.
2025-yilda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Zooinjeneriya fakultetida o‘tkazilgan «Yashil olam bilan do‘stlashamiz» nomli «ZAKOVAT» intellektual o‘yinida II DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandim.
Shu 2026-yilning 14-may kuni Nukus davlat texnika universitetida oliy o‘quv yurtlarining talaba-yoshlari orasida «Eng yaxshi ekolog» fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va 3-o‘rin bilan taqdirlandim.
Yana qo‘shimcha «UZLIDEP» va «EKOLOGIYA» partiyalariga a’zo bo‘ldim.
G.A. Seytniyazova talabalar orasida o‘zining ilmga bo‘lgan ishtiyoqi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, iste’dodi, jamoat ishlarida va xotin-qizlar orasida ma’naviy-ruhiy ishlarda faolligi bilan ajralib turadi.
Seytniyazova Guljahon Asqarboy qizi qisqa davr ichida ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borib, katta tajriba orttirdi, hozirgi kunda iste’dodli va kelajagi porloq yoshlardan biri hisoblanadi. U bir qator Respublika, xalqaro ilmiy va yosh olimlarning ilmiy anjumanlarida o‘zining ma’ruzalari bilan muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.






