Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 14-iyuldagi «Oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallariga biriktirilgan texnikumlarda tegishli kafedralarning filiallari hamda o‘quv laboratoriyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 226-sonli va 2025-yil 25-fevraldagi «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 77-sonli buyruq talablaridan kelib chiqib, shu yilning
11-may sanasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari institutga biriktirilgan Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumiga borib mahorat darslarini o‘tkazdi. Xususan, assistent o‘qituvchilardan M.Abdullayev «Customs and traditions,» Toreniyazova «Environmental pollution,» G.Ataxanova «Ecosystem,» M.Kulimova «Professions,» P.Javmitbayeva «English spoken countries» mavzularida keng tarzda tushunchalar berdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.



