Bugun Nukus shahri «Do‘stlik» kanali bo‘yida bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yoshlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Absattarov boshchiligida institut jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘z ko‘rgazmalarini namoyish etdi.
Ko‘rgazma davomida institutda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar, talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan ishlanmalar hamda qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasidagi zamonaviy yutuqlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Tadbir ishtirokchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash va ularni innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu ko‘rgazma yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan muhim maydon bo‘ldi.


