Ilmiy safarning ikkinchi kuni delegatsiya Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences universitetining o‘quv-tajriba bazasiga tashrif buyurdi. Tashrif universitet professori Michael Tröster boshchiligida tashkil etilib, delegatsiya universitetning o‘quv binolari, zamonaviy auditoriyalari hamda ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi.

   Shuningdek, delegatsiya universitet tasarrufidagi 250 gektarlik o‘quv-tajriba maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda talabalar tomonidan olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda dala tajribalarining tashkil etilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

   Tashrif davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish tajribasi o‘rganilib, kelgusida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.