Davlat OTMda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish yo’riqnomasi
Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) davom etadi.
2 ta uzrli sababgako‘ra respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/843) orqali onlayn qabul qilinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
➖akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.