📢 DIQQAT, DIQQAT!

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan kontrakt summalari rasman tasdiqlandi!

Tabaqalashtirilgan kontrakt, belgilangan tartibda, kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq 56,7 balldan yuqori ball to‘plagan hamda belgilangan talablar asosida qo‘shimcha to‘lov bilan talabalikka qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlarga tegishli.

Kontrakt summasi ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tegishli tartib-qoidalarga ko‘ra farqlanishi mumkin.

Abituriyentlar o‘zlari uchun belgilangan tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori bilan tanishishlari mumkin.

Tabaqalashtirilgan kontrakt bo‘yicha qabul va to‘lov masalalarida faqat rasmiy tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanishingizni tavsiya etamiz.

📲 Ko‘paytirilgan kontraktning tasdiqlangan summalari va to‘liq ma’lumotlarni kanalimizda kuzatib boring!