ILMGA E’TIBOR – KITOB FONDINI BOYITISHDAN BOSHLANADI
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ilm-fan va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.
Institutning «Dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi» kafedrasi professori A.Sayimbetov va dotsent M.Ajiniyazovalar tomonidan Axborot-resurs markazi fondiga talabalar, magistrantlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanishlari uchun «Dehqonchilik» darsligidan 10 dona o‘quv adabiyoti topshirildi.
Yangi adabiyotlar – yangi bilimlar sari muhim qadam!
Bu kitoblardan o‘quv jarayonida, mustaqil bilim olishda, ilmiy maqolalar, magistrlik dissertatsiyalari va boshqa ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda samarali foydalanish mumkin.
Ushbu tashabbus institut Axborot-resurs markazining o‘quv-ilmiy adabiyotlar fondini boyitish bilan bir qatorda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil izlanish va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
