Respublika kutubxonasiga talabalar sayohati tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrotexnologiya fakulteti tyutorlari o‘zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Sayohat davomida talaba yoshlarimiz kutubxonada yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishib o‘tdi va kutubxonaga a’zo bo‘ldi. Talaba yoshlarning ma’naviy immunitetini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Kutubxonada dam olish bo‘lmaydi» shiori asosidagi sayohatlarimiz davom etadi.

