⚡️Giyohvandlikning oldini olish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish tadbiri o‘tkazildi
💥Joriy yilning 7-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Agrotexnologiya» va «Zooinjeneriya va bioekologiya» fakultetlari tyutorlari bilan hamkorlikda institut profilaktika inspektori katta leytenant T.Kenesbayev tomonidan talabalarga APK fayllaridan himoyalanish va giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Profilaktika inspektori katta leytenant T.Kenesbayev giyohvandlikning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari, shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumot berdi. Talabalarni zararli odatlardan uzoq bo‘lishga, shubhali takliflarga berilmaslikka va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga chaqirdi.




