Xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Yaponiyaning “Amino Up Co., Ltd.” kompaniyasi vakili, PhD Hajime Fujii tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut rektori M.M.Dauletmuratov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sh.Akmalov, «Agroximiya va tuproqshunoslik» kafedrasi mudiri B.Xalmuratova hamda institutning mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Yaponiyaning “Amino Up Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligida innovatsion biologik vositalarni sinovdan o‘tkazish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, o‘simliklar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi biologik vositalarni mahalliy tuproq-iqlim sharoitida o‘rganish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.