Xotin qizlar faoliyati
Erta turmush qurishning reproduktiv salomatlik, jismoniy va psixologik rivojlanishga ta’sirini o‘rganish hamda talabalar orasida reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilim berish masalalarini muhokama qilish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘RVI va gripp kasalliklarining kelib chiqish sabablari, tarqalish mexanizmlari, klinik belgilari va asoratlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu kasalliklarning oldini olishda vaksinatsiya, shaxsiy gigiyena qoidalari, sanitariya-gigiyena tadbirlari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati tushuntirildi.
Mazkur tadbirda «Zooinjeneriya va bioekologiya» fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Nurabullayeva, Respublika o‘smirlar dispanseri terapevti Jenisgul Seytmuratova, infeksionist Juzimgul Embergenova, institut hamshirasi Gulmira Abdikairova, «Zooinjeneriya va bioekologiya» fakulteti tyutorlari X. Qalmuratov, G. Qurbanbayeva hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.

