Kafedra mudiri: Baltaniyazov Jaqsıbay Sarsenbaevich
Telefon: +99899 374-70-65
E-mail: j.baltaniyazov@mail.ru
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 275-son qarori va Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining 2021 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №01-12-12/119-son buyrug‘iga muvofiq “O‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik va landshaftli dizayn” kafedrasi tashkil etilib 2025 yil 1 mart oyidan boshlab q.x.f.f.d. Baltaniyazov Jaqsibay Sarsenbaevich rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedraga shu kungacha D.Madreymova, G.Sabirov, X.Matjanova hamda E.eshmuratovlar rahbarlik qilgan. Kafedrada jami 22 professor-o‘qituvchi bo‘lib, shulardan, 2 professor, 1 dotsent, 7 fan nomzodi hamda 12 assistent sifatli ta`lim-tarbiya berib kelmoqda. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Selektsiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish mutaxassisligi bo‘yicha jami 7 tayanch doktorant hamda 2 mustaqil tadqiqotchilar dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2023 yildan kafedra professor-o‘qituvchilari TOP-1000 likka kirgan chet el oliy o‘quv yurtlarida reja asosida malakasini oshirmoqda.