![]() |
Kafedra mudri: | Xalmuratova Baxitgul Uzaxbergenovna |
| Telefon: | +99(890)-727-74-75 | |
| E-mail: | baxitgulxalmuratova9@gmail.com |
«Agrokimyo va tuproqshunoslik» kafedrasi tarixi
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali tarkibida 2003 yildan «O‘simlikshunoslik, dehqonchilik va melioratsiya asoslari» kafedrasi faoliyat boshladi. 2003-2011 yillarda kafedra mudiri lavozimida qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi T.O‘serbayeva ishladi. 2011-yildan boshlab «Agrokimyo va yer kadastri» kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri bo‘lib qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent I.Naurizbayev ishladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 311-sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan filialning yangi tuzilmasi bo‘yicha «Agrokimyo va yer kadastri» kafedrasi «Dehqonchilik, agrokimyo va tuproqshunoslik» kafedrasi etib qayta tashkil etildi.
2018-yil 8-maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini chuqur takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3704-sonli qaroriga muvofiq ToshDAU Nukus filialining yangi tuzilmasi tasdiqlanib «Dehqonchilik, agrokimyo va tuproqshunoslik» kafedrasi «Agrokimyo, o‘simliklarni himoya qilish va karantini» kafedrasi etib qayta tashkil etilib, kafedra mudiri bo‘lib qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor N.Shamuratova ishladi.
2022-yil 16-avgustdan boshlab Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi ochildi.
Bugungi kunda ushbu kafedra mudiri lavozimida qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori M.Davletmuratov ishlab kelmoqda.
Kafedramiz respublikamizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlari va yetakchi ilmiy markazlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda.
Kafedraning istiqboldagi rejalari
Kafedra bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashni bosqichma-bosqich davom ettirish;
Har yili yoshlar uchun to‘garaklar tashkil etib;
Talabalarni zamonaviy laboratoriya usullari bilan tanishtirish bo‘yicha kurslar ochish.
Quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
1. Qishloq xo‘jaligida avtomatlashtirilgan agrokimyo xizmatini tashkil etish;
2. GAT texnologiyalaridan foydalanib Qoraqalpog‘iston sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlarini tekshirish va axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqish;
3. Qishloq xo‘jaligi chiqindilari va qoldiqlaridan organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish;
4. Tuproqning suv va ozuqa singdirish sig‘imini oshirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borish;
5. Kimyoviy polimerlardan foydalanib mineral o‘g‘itlarning ta’sirini oshirish.
6. Agrokimyo va tuproqshunoslik (lug‘at inglizcha-ruscha-o‘zbekcha-o‘zbekcha).
7. Kafedraning ilmiy-amaliy aloqalari;
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
10. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
11. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
12. Toshkent davlat agrar universiteti.
13. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
14. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
15. O‘zR Prezidenti huzuridagi xalqaro Orol innovatsiya markazi
16. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi
17. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti
18. Qoraqalpoq agrokimyohimoya AJ
19. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
20. Samarqand davlat universiteti.
21. Guliston davlat universiteti.
22. Urganch davlat universiteti.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi: 8 nafar.
Fan doktori:1
Fan nomzodi: 5.
Assistentlar: 2.
