Dean of the faculty: | Aytimov Islambek |
Phone: | +99861-229-26-95 |
E-mail: | islambek7@mail.ru |
«Agrotexnologiya va o‘rmonchilik» fakulteti tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-iyundagi 269-sonli qarori bilan Qoraqalpoq davlat universitetining agrar fakulteti bazasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkil etilib, uning tarkibida Agronomiya fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. 2003-2004 yillarda fakultet dekani lavozimida qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Allamurat Xo‘jasov ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentyabrdagi «Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 415-sonli qaroriga muvofiq filialning yangi tuzilmasi tasdiqlanib, tuzilma bo‘yicha «Agronomiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» fakulteti tashkil etilib, 2004-2010-yillarda fakultet dekani lavozimida texnika fanlari nomzodi Sa’dulla Aminov, 2010-2015-yillarda biologiya fanlari nomzodi, dotsent Absattarov Nietbay Allambergenovich ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi «Qishloq va suv xo‘jaligi sohalarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 311-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan filialning yangi tuzilmasi bo‘yicha «Agronomiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti «Agronomiya» va «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakultetlari etib qayta tashkil etildi. 2015-2018-yillarda fakultetni Allamurat Xo‘jasov boshqargan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3704-sonli qaroriga asosan 1b-ilovaga muvofiq filial yangi tuzilmasi bo‘yicha «Agronomiya» fakulteti «Agrobiologiya» fakulteti etib o‘zgartirildi. 2018-2022 yillarda fakultet dekani lavozimida qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Utepbergenov Adilbay Reymbaevich ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi «Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 275-sonli qaroriga muvofiq filial negizida institut tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 25-iyundagi «Vazirlik tarkibidagi oliy o‘quv yurtlarining Ustavi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 144-sonli buyrug‘i bilan yangi institut tuzilmasi tasdiqlandi va ushbu tuzilma bo‘yicha «Agrobiologiya»
Fakultet tarkibidagi bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari
1) 60810400 (60810900) – Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
2) 60810600 (60811200) – Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
3) 60810200 (60810700) – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik.
4) 60810500 (60811000) – O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
5) 60810700 (60811300) – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi.
6) 60811100 (60812100) – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.
7) 60811000 (60811800) – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik.
8) 60811800-Mevachilik va uzumchilik.
9) 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
10) 60812000-Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish.
11) 60820100-O‘rmonchilik.
12) 60820200 – Badiiy bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish.
13) 60811100 – O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini.
Tegishli magistratura mutaxassisliklari
70810702 – Agrokimyo.
2) 70810900 – Agronomiya.
3) 70810902 – O‘simlikshunoslik (sholikorlik)
4) 70810903 – Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi.
5) 70811001 – O‘simliklarni himoya qilish (usullar bo‘yicha)
6) 70811004 – O‘simliklarni himoya qilishda monitoring va bashorat qilish;
7) 70811101 – O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini;
8) 70811201 – Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha).
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) mutaxassisliklari
1) 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtashunoslik
2) 06.01.04 – Agrokimyo.
3) 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik
4) 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish.
Fakultetning oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi bo‘yicha aloqalari
Fakultetda ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash va hamkorlik qilish maqsadida oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan. Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Rossiya davlat agrar universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti, Qozog‘istonning Taraz innovatsion gumanitar universiteti, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Genetika va eksperimental biologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Qoraqalpog‘iston urug‘chilik markazi, O‘zR Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Tabiiy fanlar instituti, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Agrokimyo tahlil markazi, Tumanlar hokimligining Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamda klasterlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.