Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tizimidagi 53 ta OTMga xorijdan yoki O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan o’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish bali to’plash mumkin bo’lgan maksimal ballning 35 foizi (66,1 ball) etib belgilangani ma`lum qilindi (https://t.me/eduuz/5357).

O’tgan yili o’tish bali 56,7 ball edi. Joriy yilda o’tish balini o’tgan yilgi har bir yo’nalishga kirish bali necha bo’lgan bo’lsa, o’shanday qilib belgilashmoqchi edi. Ammo bunday qilinmadi. Yana bir bor asosan xorijdagi talaba-yoshlarga yon bosildi va o’tish bali maksimal ballning atigi 35%i etib belgilandi. Bu hatto 3 baho ham degani emas.

?O’tish balini to’plagan talabalar oddiy to’lov-kontraktni to’lashadi, o’tish baliga etmaganlar esa yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan miqdorlarda kontrakt to’lashadi.

ℹ️ OO’MTV tizimidagi OTM ro’yxati (https://sg.docworkspace.com/d/sIKa7m-h_34X-hwY)

Boshqa OTMlarga o’tish balini yuqori turuvchi vazirliklar belgilaydi, masalan tibbiyotni Sog’liqni saqlash, yurisprudenciyani Adliya vazirligi va h.k.