? Diplomatiya universiteti uchun o‘tish bali belgilandi

Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 100 ball etib belgilandi.

Shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball, filiallarga ko‘chirish uchun o‘tish bali — 56,7 ball;
Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali — 70,56 ball;
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar uchun — 66,1 ball etib belgilandi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar ro’yxati