O’zbekistondagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida o’qishini ko’chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro’yxatdan o’tgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari to’liq ko’rib chiqildi, deb xabar bermoqda (https://t.me/eduuz/5566) Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi.

Ayrim arizalar ma`lum bir sabablarga ko’ra rad etilgan.

❗️Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SO’NGGİ MUDDATİ 2021 yil 13 avgust kuni soat 23:59.

❌ Ushbu muddatdan so’ng arizalarni tahrirlash imkoni bo’lmaydi.

‼️Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARİZALAR KO’RİB ChİQİLMAYDİ.

☝️Ro’yxatdan o’tgan barcha talabalar (fuqarolar)dan o’zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro’yxatdan o’tishdagi login va parol orqali), arizalarining ko’rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so’raladi.