2021-yilning 7-oktabr kuni filialimizda Belgiyaning Gent universiteti va Eronning Urmiya universiteti professorlari Patrik Sorgelos va Naser Ag xizmat safarida bo’ldi. Mehmonlar bilan Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali professor E.Toreniyazov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Jollibekov uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad Germaniya GIZ tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “Eco Aral” loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi xududida artemiya va uning tsistasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar haqida suxbat bulib o’tdi. Shuningdek, Germaniyaning GIZ tomonidan tashkillashtirilgan seminar xonasida baliqchilik kafedrasining professor-o’qituvchilari, tadbirkorlar va sohaga tegishli mutaxassislar bilan birgalikda uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasida xozirgi vaqtdagi artemiya va uning tsistasi bo’yicha masalalar xaqida fikrlar almashildi.
Bundan tashqari, artemiya va uning tsistasini rivojlantirish bo’yicha E’ronning Artemiya va akvamadaniyat ilmiy tadqiqot instituti bilan dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.