«Agrobiologiya va o’simliklarni himoya qilish» fakulteti tomonidan talaba yoshlar bilan birgalikda 21 – oktabr O’zbek tili bayrami munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibidagi Repressiya qurbonlari muzeyida va Berdaq milliy muzeylarida sayoxat tashkillashtirildi. Sayoxat davomida muzey mutaxassislari talaba yoshlarga o’tgan davr ota-bobolarimizning bosib o’tgan umr yo’llari, ularning martlik va insoniylik fazilatlari, ona-vatanga sodiqlik bilan olib borgan mardliklari bilan tanishdi.