Joriy yilning 21 oktabr kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Koreyaning KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi direktori Sun Xo Choi, J. Mingboev va Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh mutaxassisi Sanjar Odilovlar tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan institutimiz rahbariyati tomonidan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda institutimiz rektori E.Sh.Toreniyazov hozirgi vaqtda institutimizda olib borilayotgan xalqaro loyihalar to’g’risida ma’lumot berdi. Undan so’ng Koreyaning KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi direktori Sun Xo Choi, hozirgi vaqtda KOPIA tashkiloti tomonidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va  ularning natijalari to’g’risida aytib o’tdi. Uchrashuv so’ngida kelgusida Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligini rivojlandirish bo’yicha birgalikda loyihlarni amalga oshirish ishlari rejalashtirildi.