Joriy yilning 20 oktyabr kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida 21-oktyabr O’zbek tili bayrami munosabati bilan «Til bor ekan, millat barhayot» mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiyaga institut rahbariyati va professor-o’qituvchilari faol ishtirok etdi. Institut rektori E.Sh.Toreniyazov tadbirda o’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari va respublikamizda o’zbek tili bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o’z-fikr, mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, «O’zbek tilidagi texnika adabiyotlarini tayyorlashdagi ayrim kamchiliklar» mavzusida institutning Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi mudiri R.Sadikov ma’ruza qildi. «Baliqchilikda mutaxassislikka bog’liq o’zbek tili terminlarini qo’llash xususiyatlari» mavzusida «Baliqchilik « kafedrasi assistenti A.Qaliqnazarova aytib o’tdi.
Konferensiyada bundan tashqari, «O’zbek, qoraqalpoq va rus tili» kafedrasi o’qituvchilari R.Ibragimova, Sh.Qunnazarovalar, «Chet tillar» kafedrasi o’qituvchilari Z.Toreniyazova, G.Utegenovalar o’z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi. Shuningdek, Ajiniyaz nomidagi pedagogika instituti «O’zbek adabiyoti» kafedrasi dotsenti, Sh.Aldasheva ishtirok etib, «O’zbek tilining rivojlanishi va boyib borishi masalalari» mavzusida aytib o’tdi. Ilmiy-amaliy konferentsiya bahs-munozaraga boy tarzda, qiziqarli mazmunli tashkillashtirildi