2021 yilning 9 dekabr kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Koreyaning KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi direktori Sun Xo Choi, J. Mingboev va Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh mutaxassisi Sanjar Odilovlar tashrif buyurdi. Bundan tashqari Koreaning GGGI va KOICA tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya ham tashrif buyurdi. Mehmonlar institutimiz rahbariyati tomonidan kutib olindi va uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda institutimiz rektori E.Sh.Toreniyazov hozirgi vaqtda institutimizda olib borilayotgan xalqaro loyihalar to’g’risida ma’lumot berdi. Undan so’ng Koreyaning KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi direktori Sun Xo Choi, hozirgi vaqtda KOPIA tashkiloti tomonidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalari to’g’risida aytib o’tdi. Uchrashuv so’ngida institutimizda “Qoraqalpog’iston-Korea Extension Center”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi va qishloq xo’jaligini rivojlandirish bo’yicha birgalikda loyihlarni amalga oshirish ishlari rejalashtirildi.