İnstitutimizda joriy yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 29 yil va qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan «Qishloq xo’jaligida yoshlarni qo’llab-quvvotlashdagi muammolar va imkoniyatlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
Ushbu anjumanning 1000 da ochilish marosimida institutimiz rektori q.x.f.d., professor E.Sh.Toreniyazov o’z nutqida anjumanga onlayn va a`nanaviy shaklda qatnashayotgan maxalliy va xorijiy ishtirokchilarni tanishtirib o’tdi.
Jumladan, onlayn tarzida ishtirok etuvchi birinchi Janubiy-Ural davlat agrar universiteti rektori Cherepuxina Svetlana Vasilevna, qabul komissiyasining ma`sul kotibi Grakov Fedor Nikolaevich ikki OTMning o’zaro munosabatlari haqqida ma`lumot berib utdi. Keyinachlik institutimizning boshqa xorijiy xamkorlar vakillari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Ular qatorida Yaponiya, Tojtkiston, Rossiya davlatlaridan mavjud.
Maxalliy ishtirokchilardan institutimiz professor-o’qituvchilari qatnashib, ular qatoridan Reymov N.B., İsmailov D.U., Xalmuratova B, Allamuratova Z urin oldi.