FAOL TALABA YOSHLAR – HAR DOIM JAMIYATIMIZ E’TIBORIDA
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori E.Sh.Toreniyazov rahbarligida yangi yil bayrami arafasida institutimizning faol talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda institutimiz rektori tomonidan talaba yoshlarga ushbu yilning ta’lim muasasamiz uchun yangiliklarga boy bo’lganligi, ToshDAU Nukus filialidan Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga o’zgarganligi, biz uchun eng muhim va katta yangilik ekanligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, talaba yoshlarimiz tomonidan yildan-yilga o’qishga, ta’lim olishga va o’z kasbining etuk mutaxassisi bo’lishiga ishtiyoqi ortayotganligi, jumladan, magistr va doktoranturaga qiziquvchilar sonining ortishini ham aytishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarida 4 nafar talabalar magistraturada tahsil olmoqda.
Institutimizning 3 nafar talabalari “Innovatsion g’oyalar etakchisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 2019 yilda 1 nafar talaba davlat stipendiyalari (Beruniy nomli), 2020 yilda 1 nafar talabalar davlat stipnediyalari (Beruniy nomli) g’oliblari bo’lishdi. 2021 yil 1 nafar talabamiz 2021 yil «Mard o’g’lon» Davlat mukofoti sohibi bo’ldi. Bundan tashqari, institutimizda kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan ayollar va yoshlar, temir daftarga kiritilgan talaba yoshlarga har tomonlama yordam ko’rsatilmoqda.
Jumladan, joriy yilda kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan ayollar va yoshlar, temir daftarga kiritilgan, kam ta’minlangan yoki boquvchisi yo’q, chin etim talaba yoshlarga 199 mln 897 ming sumlik, ushbu o’quv dargohida ta’lim olayotgan bilimli, liderlik va boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega talabalarga jami 7 mln 768 ming sumlik moddiy yordam ko’rsatilgan, deya ta’kidlab o’tdi institutimiz rektori E.Sh.Toreniyazov.
Yangi yil bayrami arafasida o’tkazilgan uchrashuv talaba yoshlarga o’zgacha ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi va institutimiz rahbariyati tomonidan o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.