USAID tashkilotiningning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi

2022-yilning 24-yanvar kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida AQShning USAID tashkilotiningning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida 1 kunlik seminar-trening tashkillashtirildi. Seminar-trening «Agrobiznes iqtisodiyoti va boshqaruv tizimi» mavzusida bo’lib o’tdi.

Seminarda, fermer xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi korxonalarini  boshqaruv tizimi , biznes reja tuzish va undan foydalanish, pul aylanmasini rejalashtirish va ferma korxona inventarlarini qayd qilish tizmining ahamiyati,  hisob-kitob yuritish, faoliyatni rejalashtirish, foyda va zararni hisoblash, daromadni oshirish – marketing tamoyillari, korxona va xodimlarni boshqarish tamoyillari haqida ma’lumotlar va tushunchalar berildi.

Seminarga AQShning USAID tashkilotiningning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyotining kordinatori Umid Sayfudinov, Baqtiyar Qurbanov va  Institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar va doktorantlar ishtirok etdi.